Sardor Rahimxonning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi
Telegram messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
“O‘zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko‘z yumdi”,—deyiladi Telegram messenjeri orqali tarqalgan xabarda.
Xonandaning o‘zi esa Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali mazkur mish-mishlarga quyidagicha munosabat bildirdi: “Ro‘zai Ramazon oylarida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir. Birovga o‘lim tilagandan ko‘ra, o‘ziga umr tilasa bo‘lardi. Azizlar, bunaqa gap-so‘zlarga e’tibor bermang. Xudoga shukur, sog‘-salomatman. Olloh bunday insonlarni jazosini bersin, yaxshisi insof bersin”.