Sardor Rahimxonning qo‘shiqlari Bakuda ham jarang sochmoqda
Hozirda Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida «Islom birdamlik o‘yinlari» bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchilarimiz ham ishtirok etishmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon Bakudagi o‘yinlarda qatnashayotgan hamyurtlarimiz tomonidan yuborilgan videoni o‘zining Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. Unda sportchi yigit-qizlarning xonandaning «Faridam» qo‘shig‘i ostida hordiq chiqarayotganini ko‘ramiz. Sportchilarimiz o‘z ona tillaridagi orqali xorijda ham ona-yurt shukuhini his qilishayotgan bo‘lsa ajabmas