O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon muborak ramazon oyiga xalqimiz uchun munosib sovg‘a hozirladi. U yangi “Ya Alloh” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan klipini premera qildi. Qalblarni titratuvchi klip barcha vatandoshlarimizga manzur kelishi shubhasiz.
Ohunjon Hakimov so‘zi, Iqbol Muhammad musiqasi bilan yozilgan qo‘shiqqa ishlangan klip voqealari real hayotdan olingan. Unda bosh rolni Gulchehra Ibrohimbekova ijro qilgan. Klip rejissyori Muhammad Dovud.