O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon yangi iste’dodni kashf qildi va taqdirladi. Sardor Rahimxon Instagram`da "Otajon" qushigini eng zo‘r ijro qilganlar o‘rtasida estafeta e’lon qilgan edi.
Xonanda kuni kecha ushbu estafeta g‘olibi bo‘lgan Dilnoza ismli yangi iste’dodni taqdirladi. Yosh iqtidorlarni elga tanitayotgan va qo‘llab-quvvatlayotgan xonandaning bu ishi muxlislar tomonidan juda ko‘p maqtovlarga va minnatdorchiliklarga sabab bo‘ldi.