Sardor Rahimxon Xivada birinchi bor klip suratga oldirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon ilk bor Xivada klip suratga oldirdi. “Inju” deb nomlangan tarona uchun suratga olinayotgan klip rejissyori Dilmurod Karimov va Davron Soburov. Komediya janrida suratga olingan klipda Xiva Qo‘g‘irchoq teatri va Milliy teatri aktyorlari, Milliy akademik drama teatri aktyori Tolibjon Mo‘minov ishtirok etgan. Aktyor va aktrisalarning obrazlari ustida Sonya ishlagan. Tez kunda omma e’tiboriga namoyish etilishi rejalashtirilgan klipni suratga olish jarayonidan fotosuratlarni tomosha qiling va klipni kutib qoling.