Shu kunlarda internet tarmog‘i orqali O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning muxlislari Xitoyda ham ko‘payib bormoqda.
Bundan ilhomlangan xonanda shu yilning yoz oylarida Xitoy
davlatining Urumchi shahrida konsert berish niyatida. Bundan tashqari, AQShning
Nyu-York shahrida ham konsert dasturini taqdim etadi. Bu chet el safarlari va
konsert dasturlaridan avval viloyatlik muxlislarini yangi konsert bilan xushnud
etish uchun iyun oyida rejalashtirilgan Respublika bo‘ylab gastrol safarlarida
bo‘ladi.
Shuningdek, yaqinda Sardor Rahimxon xonanda Shahzoda bilan
birga Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlarida "Xalqaro
metallurglar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan konsert dasturlarida ham faol
ishtirok etdi.