Hayotda oz yashab ko'p azob ko'rdim,
Gohida yiqildim, gohida turdim,
Sevgidanam, do'stdanam bir barakay kuydim,
Dedingiz jon bolam, saqlama dilda g'am.
Mehrni narxi yo'q do'stlarni soni,
Minnatli bo'larkan o'zganing noni,
Lekin ota-onanga kelmas ekan maloli,
Muzlab qolma yo'qotgach hidlab ro'molin.
Nomarddan ulfat qilib,
Boshimga kulfat qilib,
Davlat ketganda oldim,
Kimga kimligim bilib.
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar,
Andishasiz yurganda ortimdan g'iybat qilib.
Boshim toshga tekganda, chekganimda nadomad,
Tangridan ertayu kech so'ragan menga omad...
Onam...
Duolaringiz sabab, omad quchog'in ochib,
Davru-davronim keldi, yo'qchilik nari qochib,
Aslida siz ekansiz mening baxtu omadim,
Quyoshdek porlab turing, boshimda nurlar sochib,
Onam... Onam... Onam...