Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sardor Rahimxon hayotidagi Eng katta armoni Haqida gapirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hayotidagi eng katta armoni haqida gapirdi.
Xonanda “Tasvir” nashri muxbirining “Muvaffaqiyatingiz siri nimada” degan savoliga quyidagi javobni berdi va hayotidagi eng katta armoni nima ekanligini aytdi:  
–  Erishgan yutuqlarim siri, avvalo hudoning hohishi, qolaversa, rahmatli otamning duolarida deb o‘ylayman. Vafotlaridan oldin, kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida “O‘g‘lim mana shu og‘ir kunlarinda bitta ham do‘sting yoningda yo‘q, boshingga ancha sinovlar keldi. Lekin hali hammasi oldinda, seni doim duo qilaman. Hali do‘stu dushmanlar oldida yuzing yorug‘ bo‘ladi, ko‘rmagan omadlaringni ko‘rasan! Boshingni mag‘rur ko‘tarib yur, bolam!” deb duo qilganlar. 
Otam mening eng katta boyligim edilar. Tirik vaqtlarida quchoqlab, bag‘rimga bosib, dildan gaplashgan vaqtlarim juda kam bo‘lgan... Otamning yonlarida bo‘lishim kerak bo‘lgan qancha vaqtimni boy berganim, u kishiga “Sizni yaxshi ko‘raman, otajon! Siz bilan fahrlanaman!” degan gaplarni aytolmaganim – eng katta armonim...


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6737 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sardor Rahimxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное