Samsung Galaxy S8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfonida 3,5 millimetrlik portdan voz kechadi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Kompaniyaning yangi flagmani 4K-ekranga ega bo‘ladi, axir u virtual reallik uchun dasturlarga mo‘ljallanadi.
Samsung yangi smartfonni fevral oxirida yoki mart boshida — MWC 2017 anjumani (27-fevral—2-mart) o‘tkazilayotgan vaqtda taqdim etadi. Bir nechta insayderlar Samsung Galaxy S8’da 4K UHD (3840×2160 pikselli) ekran bo‘lishini tasdiqladi.
Shuningdek, Galaxy S8 eng yangi Gorilla Glass 5 himoya oynasiga va Samsung Exynos 8995 chipsetiga ega bo‘ladi, u ham virtual reallikka mo‘ljallangan. Asosiy kamera ikkitalik — 12 va 13 megapikselli bo‘ladi, old kamera esa 8 megapikselli.
Insayderlar Galaxy S8 iPhone 7 va 7 Plus kabi 3,5 millimetrlik portdan ayrilishini ta’kidlamoqda. Biroq flagman albatta lightning portiga emas, universal USB Type-C’ga ega bo‘ladi.