Samsung Galaxy S6 boshqa “akalari” kabi mo‘rt bo‘lib chiqdi
YouTube’dagi TechRax kanali Samsung Galaxy S flagmanlarining oltita avlodini drop-test yordamida sinab ko‘rdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Qurilmalarning har biri yon tomonidan va ekran tomonidan yerga tashlab ko‘rildi. Yon tomonidan qulash smartfonlarga kuchli zarar keltirmadi. Ekrani bilan yerga tushganida esa sinalayotgan qurilmalarning barchasida oynalar sindi.
Bunda Galaxy S va S2 eng kam zarar ko‘rdi. Galaxy S3 umuman yonmay qoldi, eng yangi flagman Samsung Galaxy S6’ning ekrani esa xuddi o‘zidan oldingi “ajdodlari”da bo‘lgani kabi darz ketdi.
Nashr eslatishicha, Galaxy S6 ekrani eng yangi Corning Gorilla Glass 4 oynasi bilan himoyalangan. U tirnalmaydi, lekin yorilishi mumkin.