Samsung Electronics kompaniyasi 2015 yil oxirida Galaxy A9 fabletini rasman namoyish qilgandi. Yanvarning birinchi sanalarida yangi qurilma Xitoy do‘konlarida savdoda paydo bo‘ldi. SamMobile resursining ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya qurilmaning navbatdagi modifikatsiyasini ishlab chiqarmoqchi.
SM-A9100 model raqamiga ega Galaxy A9 Pro fableti birinchi navbatda Xitoy bozorini mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Bu qurilma yuqorirov ko‘rsatish qobiliyatiga ega ekran, kattaroq hajmdagi ichki xotira bilan jihozlansa kerak.
Eslatib o‘tamiz, Galaxy A9 fableti 6 dyuymli Full HD Super AMOLED displey, 13 Mp li asosiy va 8 Mp li old kamera, 3 Gbayt tezkor xotira, 32 Gbayt ichki xotira, Snapdragon 652 protsessori bilan jihozlangan. Qurilmada operasion tizim sifatida Android 5.1.1 Lollipop o‘rnatilgan. Ehtimol, qurilmaning Pro-versiyasi operasion tizimning yangi Android 6.0 Marshmallow versiyasi bilan ta’minlansa kerak.