Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Saida Mirziyoeva «Ilhom» teatrini himoya qilib chiqdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi «Ilhom» teatrining yopilishi mumkinligi haqidagi xabarlar keng muhokama qilinmoqda.

Teatrning telegram kanalida yozilishicha, 7 fevral kuni teatr «Shodlik» mehmonxonasining yangi egasi «OFELOS PLAZA» MJChdan binoni bo‘shatib qo‘yish haqida xat olgan.

Qayd etilishicha, teatr joyi 1976 yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda xususiylashtirishdan so‘ng u teatrdan beg‘araz asosda foydalangan. «Shodlik» mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023 yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lgan.

Ofelos Plaza kompaniyasi o‘z xatida 2020 yilda Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi talabi bilan binoni to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishini bildirgan. Bunga shahar markazida joylashgan yoqimsiz ko‘rinishdagi binoning tashqi qiyofasi poytaxtning umumiy manzarasini buzib turgani sabab qilib ko‘rsatgan.

Prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoeva o‘zining telegramdagi sahifasida «Ilhom» teatrini himoya qilib chiqdi.

«Ilhom» teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! «Ilhom» — madaniy hayotimizning faxri!» — deya munosabat bildirgan Saida Mirziyoeva.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1860 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Saida Mirziyoeva, himoya qilib, Ilhom, Teatri, chiqdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное