Rustam Azimov: O‘zbekiston xalqi Turkiyaning bu ishini hech qachon unutmaydi
Istanbulda tashkil etilgan O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov chiqish qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Rustam Azimov. Foto: Anadolu
Rustam Azimov.
“Biz ikki mamlakat savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishga tayyormiz”, — dedi Rustam Azimov.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Azimov Turkiya O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat ekanini ham alohida tilga olib o‘tdi.
“Turkiya — O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat va o‘zbek xalqi buni hech qachon unutmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Rustam Azimov.
Avvalroq Rustam Azimov Istanbuldagi “Beylerbeyi” saroyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.