Rossiya Sayyoralar himoyasi markazi Yerga ulkan asteroid qulashini bashorat qildi
Rossiya Sayyoralar himoyasi markazi bosh direktori Anatoliy Zaysev Yerning ulkan asteroid yoki kometa bilan to‘qnashuvi muqarrar ekanligini aytdi. Bu haqda u havo-kosmik soha masalalari bo‘yicha anjumanda aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
O‘tgan yili yerliklarga xiylagina omad kulib boqdi, chunki 600 metrli Xellouin asteroidi bilan to‘qnashuv yuz bermadi, u 31-oktabr kuni Yerga yaqinlashishidan 20 kun oldingina aniqlangan edi, — dedi Zaysev. — Bunday falokat har qanday lahzada yuz berishi mumkin”. Shu sababli u himoya choralari ishlab chiqilishi kerak, deb hisoblaydi.
Zaysevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 20 yil ichida Yer atmosferasiga 556 ta “yirik toshlar” kirgan, ularning hajmi o‘nlab metrga yetgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu aniqlash va oldini olish mumkin bo‘lgan yagona tabiiy xavfdir.