Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri polisiyasi Finlyandiya vokzali yaqinidagi “Burger King” restoranida zo‘rlangan 14 yoshli qizni izlamoqda.
5 fevral kuni qiz uyidan chiqib ketib, haligacha qaytmagan. Bu haqda uning 31 yoshli onasi polisiyaga xabar bergan.
Qonun himoyachilari 22 yoshli yigitning telefonidan qizning zo‘rlanishiga oid videoni topgan. Bu yigit 7 fevral kuni “Burger King” restorani binosida qizga tajovuz qilgan. Aniqlanishicha, u qubonining hali voyaga yetmaganini bilgan. Hozirda unga qarshi jinoyat ishi ochilgan.