Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Real» «xoinlar»ni aniqladi


Real» jamoasi matbuot xizmati jamoaning bir guruh fanatlari mavsumiy abonementlarini qoidalarni cheklab o‘tgan holda sotgani aniqlangani haqida xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz.
«Real»ning «Barselona»ga qarshi uchrashuvidan keyin noqonuniy harakatlar sodir etilgani yuzasidan 1450ta ish ochilgan.
Klasiko bahsidan keyin madridliklar klubi rahbariyati vakillari huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib bordi.
Aniqlanishicha, o‘yindan oldin «Real»ning 1500 nafarga yaqin muxlisi o‘z abonementlarini «Barselona» fanatlariga sotgan. Natijada mehmon jamoa muxlislarining ba’zilari «Real» futbolkalarini kiyib, mahalliy muxlislar o‘tiradigan tribunaga kirgan. Messi gol urganida esa ular shod-xurramlik bilan nishonlashgan.
Ayni paytda, «Real» bu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 357 nafar muxlisning abonementini bekor qildi.
Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real» – «Barselona» (2:3) o‘yinida Messi so‘nggi daqiqada gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi. Shundan so‘ng «Real»ning fanatlar tribunasida o‘tirgan bir qancha muxlislar uning golini xursandchilik bilan nishonlashgandi. Bu esa madridlik muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lgandi.
 


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5188 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Real Madrid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Juda qattiq alam qigan shekilli
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное