“Real” va “Barselona”ning qarzi 767 million yevroni tashkil qilmoqda
Ispaniya futbol ligasi o‘tgan mavsum bo‘yicha klublar moliyaviy faoliyatining yakunlarini e’lon qildi. Ispaniya chempionati barcha klublarining umumiy qarzi 2,757 mlrd yevroni tashkil qilgan. Bu miqdor 2012/2013 yillardagi mavsum oxiridagi qarzdan 558 mln kamroqni tashkil qiladi. Shuningdek, biletlar sotish evaziga klublarning daromadlari oshgan (5,4 foizga).
Qayd etilishicha, Ispaniya klublari qarzdorligining katta qismi Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ikki ispan grandining umumiy qarzi 767 mln dollarni yoki umumiy qarzdorlikning 27,8 foizini tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, keyingi mavsumdan UEFA klublarning Chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun mukofot pullarini oshiradi. FIFA 2018 yilgi Jahon chempionatida futbolchilarning ishtiroki uchun klublarga 209 mln yevro ajratadi.