“Real” mehmonda Xixonning “Sporting”ini yuta olmadi
23 avgustda Xixonda “El-Molinon” stadionida ispan Primerasining 1-turida mahalliy “Sporting” klubi Madridning “Real” klubini qabul qildi. Maydon egalari mehmonlar bilan tengma-teng kurashib, ularga xavfli vaziyatlarni yaratishga imkon bermadi va ora-sira qarshi hujumga o‘tdi. 1-bo‘limdagi shunday vaziyatlardan birida “Sporting” hujumchisi Sanabriya raqib darvozasi tomon boshi bilan yo‘llagan zarbasi “Real” darvozaboni Keylor Navas qo‘riqlayotgan darvoza ustunidan qaytdi.
2-bo‘limda “Real” ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq ulardan birortasini gol bilan yakunlay olmadi. O‘yin shu tariqa 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
“Real” 2010/11 yillardagi mavsumdan beri birinchi marta Primeraning 1-turida gol ura olamadi.
Ispaniya Primerasi. 1-tur
Sporting Xixon (Xixon) – Real Madrid (Madrid) – 0:0
Ogohlantirishlar: Kases, 36; Karmona, 66; Rodriges, 71; Alvares, 74 – yo‘q.