O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning yomg‘ir ostidagi raqsi unga qimmatga tushdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xonanda ayni kunlarda o‘zining “Habibi” taronasiga klip suratga olayotgani haqida avval xabar bergandik.
Ushbu klipni navbatdagi suratga olish jarayoni yomg‘ir ostidagi raqsni taqozo qildi. Shu sababli suratga olish maydonchasiga sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun, suv sepish maxsus mashinasi jalb etildi.
Ushbu yomg‘ir xonandaga qimmatga tushdi deyishimizga esa uning quyidagi izohi sabab bo‘ldi:
“Yozda kasal bo‘lish unchalik yoqimli emas. Ammo ishonamanki, bu shunga arziydi.”