O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon ayni damda 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, u yangi loyihalar ustida ham tinimsiz ishlamoqda. Ulardan biri yangi film uchun suratga olingan saundtrekdir. Xonandaning "Unutolaman" qo‘shig‘i yosh va umidli kinoijodkorlarning ilk filmi uchun saundtrek qilib olindi. Bugun ushbu saundtrekning trek qismi tasvirga tushirildi. Ijodkorlarning ma’lumotiga qaraganda, ular Rayhonni nigohlari uchun taklif qilishgan. Rayhon ham yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash niyatida bu taklifni qabul qilgan. Rayhon va kinoijodkorlar bu hamkorlik hamda tez kunda taqdim etiladigan kartina muxlislarga manzur kelishiga katta umid bog‘lashgan.