Rayhon turmush o‘rtog‘i haqidagi Savollarga Javob berdi
Xonanda Rayhon G‘aniyeva “Kimlarni sog‘inasiz...Sobiq eringiz yo yana kimlardir?” degan savolga “Yo‘qotish – ham o‘z o‘rnida kerak! Bu hayotda nimanidir o‘rgatadi. Insonlar hayotingga kirib keladi va ketadi bir kun... Har bir holat yangi bir saboq!” deya javob berdi.
“Qahvangizga necha qoshiq shakar solishni biladigan” insonni topa oldingizmi? Yolg‘iz ayolga suyanadigan yelka kerak degan naql bor” degan savolga esa Rayhon quyidagicha javob berdi:
“Yo‘q... Biroq, hayotimda kim bor yo nima yo‘q, Xudoga shukur qilaman. Juda baxtliman. Har qanday vaziyat bo‘ladi. Kulaman, yig‘layman... Bu hayot. Uning ranglari turfa. Hammasi bir maromda kechsa ham zerikarli bo‘ladi. Mana, ob-havo ham o‘zgarib turadi. Qorning o‘z o‘rni bor, yomg‘irsiz ham bo‘lmaydi. Quyosh qadri bulutli va sovuq damlarda bilinadi. Boriga shukur qilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi”.