O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi.
Xabaringiz bor, Rayhon yaqinda xola bo‘ldi. Xonandaning singlisi Nasiba qiz farzandni dunyoga keltirdi. Rayhon xola bo‘lishning gashti haqida shunday deydi:
“Xola bo‘lishning o‘ziga yarasha zavqi va quvonchi bo‘lar ekan. Xola bo‘lgan kunimni eslasam, hali-hamon hayajonga to‘laman. Jiyanimga ism tanlashda qiynalmadik. Chunki, men homilador paytimda “UTT” tekshiruvi egizaklarimning biri o‘g‘il, biri qiz bo‘lishini ko‘rsatgandi. O‘shanda farzandlarimga Islom va Latifa deya ism beraman deya niyat qilgandim. Ammo keyingi tekshiruvlarda egizaklarim o‘g‘il bo‘lishini bilgach, rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Qarangki, baribir niyatimiz xolis ekan, singlimning qiziga Latifa deya ism berdik”.