Rayhon: “meni Shahzoda bilan solishtirishlari kulguli”
Xonanda Rayhon konserti g‘oyasini chet ellik xonandalar Britni Spirs va Jennifer Lopesdan o‘g‘irlagani, ayrim elementlari esa hamkasbi Shahzodadan ko‘chirilgani haqidagi tanqidlarga “Sayyod” saytiga bergan intervyusida munosabat bildirdi.
“Meni Shahzoda bilan solishtirish kulguli. Hammaning esidan chiqqan bu mavzu allaqachon o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. U ham, men ham ancha yildan beri ijod qilyapmiz. Bu davr ichida biz butunlay boshqa-boshqa san’atkorlar ekanligimizni isbotladik. Yo‘nalishimiz boshqa, boshqa ekanligini ko‘rsatdik. Hozirda ikkalamizning ham san’atda o‘z o‘rnimiz, o‘ziga yarasha muxlislarimiz bor. Nima uchun bizni haligacha solishtirishlarini tushunmayman. Buni nima deb atashni ham bilmayman, kasallikmi, bilmadim. Aminmanki, ikkalamizni solishtirib, bildirilgan fikrlarni o‘qish Shahzodaning o‘ziga ham kulguli”
Men konsertimning g‘oyasini chet ellik xonandalar, xususan Britni Spirsdan o‘g‘irlaganlikda ayblaganlarni ham tushunmayman. Men bunday emasligini isbotlash uchun vaqtimni sarflashni istamayman, bunday noto‘g‘ri fikrlaydigan, bilimsiz insonlar darajasiga tushmoqchi ham emasman. Shunchaki, bir narsani aytishim mumkin, bu ko‘plab insonlarning mehnati singgan katta zahmatlar mahsuli”,—deydi Rayhon.