Rayhon konserti bilan bog‘liq yangiliklarni taqdim etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon har yilgi an’analarga sodiq qolgan holda 2017 yilning 20-24 fevral kunlari o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert uning bir necha yildan buyon doimiy hamkoriga aylangan ProArt kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Xonanda bu yilgi konsert dasturi ham pozitiv va a’lo darajada o‘tishini va’da qildi. Dasturda yangi qo‘shiqlar bilan birga xit darajasiga chiqqan taronalar, takrorlanmas raqslar, kutilmagan sahna ko‘rinishlari taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur dasturning chiptalari konsert tashkilotchisi ProArt kompaniyasining rahbari Javlon Kamalovning so‘zlariga qaraganda, 14-noyabr kunidan boshlab sotuvga chiqadi. Bu hali hammasi emas. Xonanda Rayxon muxlislari uchun yangi tarona yaratdi. “Namaste” deb nomlangan qo‘shiq, Yakzon va Jasur Badalboyev bilan hamkorlikda yozilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, aynan shu kompozitsiya uchun Hindistonda videoklip tasvirga olish niyatida. Demak, kuzating va kuting.