O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon kuni kecha yangi loyihaga qo‘l urdi. Uning navbatdagi taqdim etiladigan ijod mahsuli duet tarona bo‘lsa ajab emas. Chunki Rayhon ayni damda yangi duet qo‘shiq ustida ovoz yozish ishlarini olib bormoqda. Xonandaning duetdoshi esa Bojalar guruhi solisti Jahongir Poziljonov. Ma’lumki, bu ikki ijodkorning bir nechta hamkorlikda yaratgan qo‘shiqlari mavjud va ularning har biri xalqimiz orasida ommalashgan. Navbatdagi ijod mahsuli ham ana shunday kompozisiyalardan biri bo‘ladi deb umid qilamiz.