Rayhon “Hammani Jam” qilib, Sankt-Peterburgdan Buxoroga yo‘l oldi
“Hamma jam” taronasiga olingan videoni taqdim etganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmasdan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev Sankt-Peterburg shahrida konsert dasturini taqdim etdi.
Konsert yakunlangan zahoti xonanda navbatdagi safarga yo‘l oldi. Bu gal uning safari Buxoro tomonga bo‘ldi. Bu yerda xonanda Sardor Rahimxon bilan duet taronasiga klip suratga olishni reja qilgan.
Bundan tashqari xonandadan yana bir yangilik, uning 2017 yilgi konsert dasturi barcha Discovery do‘konlarida sotuvga qo‘yildi.
Avvalroq Rayhon o‘zining navbatdagi besh kunlik konsert dasturini e’lon qilgani haqida xabar bergandik.
Konsert chiptalari “Istiqlol” san’at saroyi kassalarida 20 dan 180 minggacha sotilmoqda.
Quyida xonandaning "Hamma jam" taronasiga olingan videoni tomosha qilishingiz mumkin.