Rayhon doim 50 kilo ko‘rsatkichda! Buni siri nimada?
So‘nggi paytlarda tashqi ko‘rinishi o‘zgarib, doimgidanda latofatli bo‘lib borayotgan Rayhon G‘aniyevani kichik suhbatga tordik. Axir, uning go‘zallik siri hammaga birdek qiziq...
— Qomatingizni nazorat qilish uchun nimalarga rioya qilasiz?
— Vaqtim tig‘izligi bois bir kunda ikki maµal ovqatlanaman, xolos. Ora–chora biror nima tamaddi qilib olishim mumkin. Repetisiya jarayonlaridagi tayyogarlik jismoniy yuklamaning o‘rnini qoplaydi.
— Vazningiz ortgan paytlar ham bo‘lganmi?
Farzandlarim dunyoga kelganidan so‘ng biroz to‘lishgandim. Hozir sekin-asta avvalgi vaznimga qaytdim. Ilgarigidek 50 kilo ko‘rsatkichga ega bo‘lganman. To‘g‘ri ovqatlanish va sport mashqlariga rioya qilinsa, qomatni tartibga keltirishning qiyin joyi yo‘q.