Rayhon dam olish kunlarini farzandlariga bag‘ishladi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon dam olish kunlarini farzandlari bilan maroqli tarzda o‘tkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Xususan, Rayhon farzandlari Islom va Imron bilan hayvonot bog‘iga bordi. O‘g‘illariga favvoralarni ko‘rsatdi. Hatto ular bilan birga stadionga borishga ham ulgurdi.
Yakshanba kuni esa xonanda yosh toshabinlar teatriga Islom va Imron bilan birgalikda bordi. Mazkur teatrda xonandaning farzandlari “Uch cho‘chqacha” spektaklini maroq bilan tomosha qildi. Ayniqsa ularga aktyor Xasan Solihov ijrosidagi Bo‘ri obrazi manzur bo‘ldi. Bu haqda xonanda Instagram`dagi sahifasida aytib o‘tar ekan, Xasan Solihovga taklif uchun rahmat aytishni ham unutmadi.