RASMIY HABAR: 2019/2020-yil uchun qabul kvotalari soni tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning quyidagi parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiev yozdi.
Unga ko‘ra:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 80 430 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 19 985 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 1 985 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar.
Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi.