Rashid Holiqov klassik taronalarni qayta kuylamoqda
Xalqimizning sevimli ijodkorlaridan biri Rashid Holiqov va “Shahzod” guruhi ijodiy tanaffusdan so‘ng bugun yangi taronani taqdim etmoqda.
“Quralay” deya nomlangan tarona aslida bundan bir necha o‘n yillar avval yaratilgan bo‘lib, ko‘pchilikning dilidan joy olishga ulgurgan. Rashid Holiqov esa bu qo‘shiqni yangicha yo‘nalishda kuylashga va muxlislarga taqdim etishga qaror qildi. Qo‘shiqning yangicha talqini muxlislaga yoqimli onlarga hadya etishi, shubhasiz. Xoziroq saytimiz orqali “Quralay” taronasini tinglab, baho berishingiz mumkin.
Ijodiy tanaffus vaqtida Rashid Holiqov katta loyiha ustida ishlashni rejalashtirdi. Bu loyihaning asl mohiyati barchaga birdek ma’qul kelishi aniq. Klassik taronalarni xalqimiz, ayniqsa, san’atning asl mohiyatini qadrlovchi kishilar sevib tinglaydilar. O‘zbek milliy klassik qo‘shiqlari asosan yoshi ulug‘ insonlarning didiga mos. Lekin bu qo‘shiqlar xalqimiz qalbida mangu yashashini maqsad qilgan Rashid Holiqov elimiz sevgan taronalarni yangi yo‘nalishdagi aranjirovka bilan, ya’ni zamonaviy estrada yo‘nalishida qayta kuylamoqda.
Oktabr oyi oxirida Rashid Holiqov tomonidan yangi audioalbom taqdim etiladi. Bu albomdan 15-16 ta klassik qo‘shiqlar joy olib, disk noodatiy tarzda taqdim etiladi. Rashid Holiqov mazkur ijodiy loyihani amalga oshirishda aranjirovka ustasi Shuhrat Zakirov bilan hamkorlik qilmoqda.
Har bir taronaning yaralish tarixi, uning asl ijrochisi haqidagi ma’lumotlar ham disk muqovasiga kiritiladi. Disk muqovasi ham milliy matolarimiz hisoblangan adras, atlasdan yaratiladi.
Eksklyuziv tarzda tayyorlanadigan disk muqovasi original ko‘rinishda bo‘lishini ma’lum qilgan Rashid Holiqov bu audioalbom barcha muxlislar, qolaversa estradamiz vakillari uchun ham kutilmagan tuhfa bo‘lishiga umid qilmoqda.
Shahzod guruxini qoshiqlarini ewshitib katta boganman desamam boladi. O'naysan, Onajon,Senga,Muxabbat, Aziz yurtim degan qoshiqlarini bugun eshitsa xam quloqqa yoqaveradi. Ularga omad yangi qoshiqlari kopayaversin sog' omon bolsinla