Raqqosa Shodiyora Omonova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali turmush chiqayotganini ma’lum qilib, “fotiha to‘yi” uchun keltirilgan sovg‘a-salomlarning suratini joyladi. Biz shu zahotiyoq raqqosa bilan bog‘landik.
Shodiyora Omonova, raqqosa:
— Turmushga chiqayotganim rost. Biroq hali to‘y kuni ma’lum emas. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning oila a’zolari kuz oylarini ma’qul ko‘rishyapti. — Kuyov san’at olami vakilimi?
— Yo‘q!
Ma’lumot uchun, Shodiyora Omonova 1991 yilda tug‘ilgan. U raqs bilan 2004 yildan buyon shug‘ullanib keladi. Raqqosa 2013 yilda O‘zbekistonda davlat san’at va madaniyat institutinig bakalavriatini, 2015 yilda esa magistraturasini tamomlagan. “E’tirof-2014” tadirlash maromida “Yilning eng yaxshi raqqosasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Omonova ayni damda “Tumor” raqs ansamblida faoliyat yuritib kelmoqda.