Qrimlik ayollar erlarining jazmanini omma oldida kaltaklashdi
30 iyun kuni bir qator nashrlarda ikki ayol erlarining jazmanini omma oldida kaltaklayotgani aks etgan videolar tarqalib ketdi. Xususan, “Ntv.ru” nashrida ham ayni voqea haqida xabar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qrimlik bir necha uy bekalari erlarini yo‘ldan urgan, ularni oilasidan ajratmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘chada, omma oldida urib, kaltaklashgan.
Bu ayolning zulmidan aziyat chekan ayollardan biri uni erini yo‘ldan urib, oilasini buzishga undaganlikda aybladi. Videotasvirlarda uning qilgan ishidan tonayotgani aks etgan. Biroq u tinimsiz zarblardan keyin, tonish befoyda ekanini tushundi va birovning erinii yo‘ldan urganini tan olgan.
U aybini tan olganidan keyin ham ayol uni kaltaklashda davom etgan. So‘ng uni sharmanda qilish istagida kiyimlari yirtib tashlagan.
Kutilmaganda ikki ayolning o‘rtasiga yana bir ayol qo‘shildi va u ham kaltaklanayotgan ayolni eri bilan munosabatlarda aybladi.
Aniqlanishicha, janjalga sabab bo‘lgan bu ayol bilan aloqasi bo‘lgan erkaklar rafiqalarining bu harakatlaridan xabardor bo‘lishgan va ko‘p qavatli uyning balkonidan bu janjalni kuzatib turishgan.
Ayni vaqtda, polisiya birovlarning erlari bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan deb gumon qilingan va kaltaklangana ayol haqidagi videoni o‘rganmoqda. Agar ayolning aybi tasdiqlansa, unga nisbatan chora ko‘rilishi haqida biror nima deyish qiyin. Chunki Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida hiyonat yoki yo‘ldan urish uchun biror jazo ko‘zda tutilmagan. Biroq erlarining jazmanini ayollarni kaltaklagan uy bekalari jazoga tortilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, kaltaklangan ayol esa na polisiya va na shifokorga murojaat qilmagan. Balki u oilasini saqlab qolishga urinayotgan ayollarning g‘azabini yanada qo‘zg‘atmaslik uchun shunday yo‘l tutgandir...