Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qo‘yliq metrosining bir parchasi deyarli tayyor


Toshkentning metropolitenining “Do‘stlik” (sobiq “Chkalov”) bekatidan Ohangaron yo‘li bo‘ylab Qo‘yliq tomon qurilayotgan yer usti bo‘lagining bir qismi yarim-tayyor holatga keltirildi. Obyekt surati Facebook’dagi “Tashkent is under construction” guruhida e’lon qilingan.

Suratda yer usti metrosining ikki tayanch ustuni ustiga beton yo‘llar o‘rnatilgani, tayanch ustunlarning o‘zi bezak berib, bo‘yab qo‘yilganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar bu rahbariyat uchun tayyorlangan ekspozitsiya ekanini taxmin qilgan.

Toshkentning Qo‘yliq dahasi tomon Ohangaron yo‘li bo‘ylab metro qurilishi boshlangani 2017-yil oktabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. Keyinroq butun Toshkentni qamrab oladigan 52,1 kilometrlik yer usti halqa metro liniyasining bir qismi ekani ma’lum bo‘ldi.

28-oktabr kuni loyiha bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tanishdi. U buni “poytaxt uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha” deb atadi. O‘z navbatida, qurilish ishlarini 2020-yilgacha to‘liq yakunlash haqida topshiriq berdi.

Ma’lumot uchun, halqa metro liniyasining “Do‘stlik” metro bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi uzunligi 11 kilometrga teng bo‘lib, unda 8 ta bekat qurilishi rejalashtirilgan. Liniyada poyezdlar balandligi 6 metrlik estakadalardan o‘tadi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3873 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qo‘yliq metrosi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 vodiy bo'ylab kelgandeydi. Buni xabar desa bo'lardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное