Davlat statistika qo‘mitasi 16-fevral kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 54 000-80 000 so‘m (9-fevral holatiga ko‘ra, 52 000-80 000 so‘m);
kartoshka (1 kilogramm) — 3 500-7 000 so‘m;
piyoz (1 kilogramm) — 1 500-4500 so‘m;
sabzi (1 kilogramm) — 1 000-5 000 so‘m;
tuxum (10 dona) — 6 000-14 000 so‘m;
guruch (1 kilogramm) — 5 000-17 500 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 litr) — 13 600-24 000 so‘m;
shakar (1 kilogramm) — 7 900-10 500 so‘m.
Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.