O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 14 so‘m 30 tiyinga qimmatlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 27 oktyabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 30 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2677,75 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 9 so‘m 36 tiyinga arzonlashib 3030 so‘m 23 tiyinni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda pasaydi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 17 tiyinga arzonlashib, 43 so‘m 24 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.