Qo‘shmachi ayollar guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi
30 may kuni Andijon shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, O‘sh shahrida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi X.G. ismli 20 yoshli ayol va Andijon viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi N.N. ismli 38 yoshli ayol, o‘zaro jinoiy til biriktirib qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib 2016 yil dekabrdan 2018 yil fevral oyiga qadar yosh ayollarni erkaklarga qo‘shganliklari va 2018 yil mart oyida bir nechta yosh qizlarni O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga olib o‘tib, foxishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilganliklari aniqlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harkatlari olib borilmoqda.