Qo'shma ta'lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi
O'zR ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o'quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta'lim yo'nalishlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqichda abiturientlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadilar;
2-bosqichda abiturientlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.