Qashqadaryoda xotin o‘ziga tanbeh berib, urishgan erini to‘mtoq buyum bilan urib o‘ldirdi
Hodisa yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 iyul kuni Koson tumanida yashovchi oilada maishiy janjal ortidan qotillik jinoyati sodir etilgan.
Koson tumani “Yakkasaroy” MFYda yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayolga uyining yonidagi yerga ekilgan tarvuz va makkajo‘xori dalasini qo‘riqlashni buyursa-da, dalaga tez-tez chorva mollari kirib, payhon qilayotganini ro‘kach qilib, ayolni dalaga qaramaganlikda ayblab kelgan.
Joriy yil 10 iyul kuni erkak uyda sog‘ligini tiklash uchun davolanayotgan bo‘lishiga qaramasdan yana xotinini turli ro‘zg‘or ishlarini bajarmaganlikda ayblab, og‘zaki urishgan.
Shundan so‘ng ayol eri uyda uxlab yotganidan foydalanib, to‘mtoq temir jism bilan uning boshiga urib, o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazgan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.