Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Merlin-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qanday qilib ishchanlik faoliyatini oshirish mumkin?

Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik - bu kun bo‘yi ishlaydigan odamlar tez-tez boshidan kechiradigan holatlar. Bu kabi holatlar insonning ish unumdorligiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi, albatta. O‘zini lohas his qilish holatlariga xotiradagi muammolar, ya’ni xayolparastlik, eslab qolish qobiliyatining pasayishi ham qo‘shiladi. 
Bizning miyamiz xuddi tanamiz kabi doimiy mashqlarga ehtiyoj sezadi. Aksariyat holatlarda xotiradagi muammolar aynan muntazam mashqlarning yo‘qligidan kelib chiqadi. Mashq qilish jarayoni davomida miyada ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shunday qilib, biz aqliy mashqlarni qancha ko‘p bajarsak, xotiramiz shuncha ko‘p rivojlanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, miyamizning asosiy dushmani - hamma yerda bizga hamrohlik qiluvchi har qanday gadjetlar, chunki ularga bizning miyamiz amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalarning katta qismi yuklatilgan.
Agar ma’lumotlarni eslab qolishingizda muammolar paydo bo‘lsa, u holda atrofingizdagi gadjetlar sonini qisqartirish kerak. Salbiy ta’sir qiluvchi foydali qurilmalarga misol tariqasida oddiy kalkulyatorni olishimiz mumkin. Bu qurilmaga ishonib karra jadvalni esdan chiqarib ulgurganlar qancha, go‘yoki bu eskirgan odatdek. Miyamizdagi yodda saqlash va ma’lumotni topish kabi funksiyalarni yengillashtirib, biz o‘zimizning aqliy salohiyatimiz pasayishiga sababchi bo‘lib qolamiz. Shu bois uncha murakkab bo‘lmagan matematik misollarni yechish, yaqin kishilarimiz, do‘stlarimiz va hamkasblarimizning telefon raqamlarini eslab qolish miyani mashq qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Intellektual qobiliyatlarimizni yanada yaxshilash uchun turli boshqotirmalar, miya ishtirokini talab qiluvchi o‘yinlar o‘ynash tavsiya etiladi. Televizor ko‘rish o‘rniga kitob o‘qing, chunki aynan mutolaa diqqatni bir joyga jamlash kabi muhim xususiyatni rivojlantiradi. Biror bir chet tilini o‘rganish ham xotirani mustahkamlash uchun juda foydalidir. Miyani mashq qildirishning asosiy prinsipi kerakli ma’lumotni tahlil qilish va uni saqlab qolishga asoslanadi. 
Bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni amalga oshirishning zararli tomonlari ham borligini inobatga olish zarur. O‘z vaqtida dam olish - mehnat faoliyatining ajralmas va muhim qismi. Har 4 soatda 15 daqiqacha dam olish miya uchun juda foydalidir. Uyqusizlikni bartaraf qilish uchun esa har kuni bir vaqtda uxlashga yotib, bir xil vaqtda turish muhim ahamiyatga ega. 
Aqliy mashqlar va kun tartibiga rioya qilishdan tashqari sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Nafaqat miya faoliyati, balki butun organizm uchun "A", "V", "E" va "D" guruh vitaminlarini qabul qilish, shu bilan birga muntazam jismoniy mashqlar bajarish insonni tetiklashtiradi hamda uning ish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5487 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishchanlik, Qanday qilib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное