Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Zerda - Soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Qamoqdagi Yigitini kutayotgan Qiz


Sevgi va faqat sevgi! Muhabbatgina dunyoni go‘zal qiladi, avaylab-asraydi. Agar sevgi bo‘l­masa, hayotning qi­zig‘i, quvonchi qolmaydi… Qalbi mehr-muhabbatga to‘la qizning orzu-istaklari-da dunyo edi. U ertaklardagi shahzodasini, haqiqiy muhabbatini kutar, olam-olam niyatlar qilardi…

Yuvosh, bosiq, kamsuqumgina Komila hammaning havasini keltirguvchi qiz bo‘lib voyaga yetdi. Ota-onasining yakkayu yagona arzanda qizi bo‘lsa-da, bundan sira havolanmas, aksincha, mehridaryo qalbi hammaga birdek ochiq edi. Oddiy kunlarning birida uning yuragiga muhabbat atalmish go‘zal tuyg‘u jo bo‘ldi…

U shahzodasini o‘zi o‘qiyotgan kollejda uchratdi. Pinhoniy ko‘z qarashlar, bir-birini izlashlar bora-bora go‘zal, samimiy va kuchli hislarga aylandi. Endi ular hayotlarini bir-birisiz tasavvur qilisholmas, go‘yoki Layliyu Majnunga aylanishgandi. O‘ziga to‘q, obro‘li oilaning erka qi­zi bo‘lgan Komila uyiga tinimsiz kelayotgan sovchilarga rad javobini berib, sevgilisidan uni so‘raguvchilar kelishini intizor kutardi.

Shu tariqa, sevgiga limmo-lim uch yil ham o‘tdi. Bu vaqt orasida Komila kollejni tugatib, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirib, orzusidagi kasb — shifokorlikka o‘qiy boshladi. Sevikli shahzodasi esa birinchi yilgi urinishi besamar ketgani bois boshqa o‘qishga kirishga harakat ham qilmadi. Ota-onasi va Komilaning qarshiligi-yu yig‘i-sig‘isiga qaramay, Rossiya tomonlarga qarab yo‘l oldi. Sevgani bilan xayrlashar ekan, bir gapni tinmay takrorlardi: «Ko‘p pul topib kelaman, senga malikalardek shohona hayot hozirlab beraman. Seni zebu zarga ko‘mib tashlayman… To‘yimiz dovrug‘i esa yetti mahallaga ovoza bo‘ladi, mana ko‘rasan…»

Har ikkalasi uchun asr­ga tatigulik ayriliq damlari boshlandi. Behalovat tunlar kunlarga ulanib boraverdi. Bu orada go‘zallikda tengi yo‘q qizginani so‘raguvchilar soni ko‘paydi. Uni ro‘yi-rost o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘l­gan boyvachcha yigitlarning esa sanog‘i yo‘q edi…

– O‘sha noshudni nima qilasan? Qo‘y uni! Sendek qizning tengi nahotki o‘shanday yigit bo‘lsa? Sen kutayotgan oq otli shah­­­­­zodalar mana, yonginangda!..

Yarim yildan so‘ng oshiq yigit ozib-to‘zibgina vataniga qaytib keldi. Komilanikiga sovchi yubordi. Qiz tomon qudalari tengi emasligini bilishsa-da, qizlari ra’yini qaytarisholmadi. Ammo qulchilikka borgan amma-xolalarning paytavasiga qurt tushdi: bunday hashamatli hayotda yashagan arzanda qiz o‘r­tahol oilaga ko‘nikarmikan? Bu gap bo‘lajak kuyov oldida ham uzzukun muhokama qilinar, bechora yigitning chorasizligini yana bir bor namo­yish etayotgandek bo‘lardi.

Yarim yil qora terga botib ishlab kelgan pullarini nikoh to‘yigacha amalga oshiriladigan udumlar va 200 kishilik hammani qoyil qoldirgulik fotiha to‘yi hamda sepga sarflandi. Endi katta to‘yda ham obro‘ni saqlab qolish kerak. Buning uchun esa mablag‘ kerak. Ming bir o‘yda yigit yana o‘zga yurtlarga yo‘l oldi.

Bu safar Komila qat­tiq turib oldi.

– Yana meni tashlab ketishingizga yo‘l qo‘y­may­man. Meni desangiz hech qayoqqa ketmaysiz… Menga shohona hayot ham, dabdabali to‘y ham kerak emas! Siz bilan oddiy kulbada bo‘lsa-da, yashayveraman. Ketmang…

Lekin yigitning niyati qat’iy edi, yaqinlari, sevganining orzu-havasi deb ko‘p narsadan voz kechishga tayyor edi u. Shu bois iloji boricha Komilani yupatib, ketishiga ko‘ndirishga harakat qilmoqchi bo‘ldi.

-Jonim, ikki-uch oy g‘ir etib o‘tadi-ketadi. Yana ozgina sabr qilgin… Bu oxirgisi… Keyin doim yoningda bo‘laman…

Ammo uning bu safari uzoqqa cho‘­zildi…

Qizning yuragi noxushlikni sezgan ekanda, bo‘lmasa uning ketishiga nega bunchalar to‘s­qin­lik qildi? Oradan bir oy o‘tib, sevganidan ikki hafta davomida hech qanday darak bo‘l­madi. Komilaning tinchi buzildi: unga nima bo‘ldi ekan? Sog‘-omonmikan? Nega shuncha kundan beri xabari yo‘q?..

Ana shunday xavotirli kunlarning birida jiringlagan telefoni uning bu savollariga javob berdi. Narigi tomondagi notanish bir kishi noxush xabarni yetkazdi:

– Dilshod… avtohalokatga uchradi… bir odamni urib yubordi…

– Allo, bu kim? Dilshod akamga nima bo‘ldi?..

– Uning ahvoli og‘ir …

– Yashaydimi?

Javob o‘rniga uzundan uzun gudoklar…

Komila uchun hayot to‘xtab qoldi, go‘yoki. U hozir uy­qudan uyg‘onadi-yu, yomon tush misol bu dahshatli voqealarni unutadi. Afsuski, bu tush emas, ayni haqiqat edi.

Bu xabarni quda tomon ham tasdiqladi. Dilshod kechqurun mashina bosh­­qarayotib, bir yo‘lovchini urib yuboribdi. Jabrlanuvchi voqea jo­yida halok bo‘libdi. O‘zining ahvolini ham yaxshi deb bo‘lmasdi. Endi ularning hayoti, taqdiri nima bo‘­ladi? Orzu-havaslari-chi?

Nursiz kunlar boshlandi. Qiz tomon to‘yni qaytarmoqchi bo‘lishdi. Komila shunday og‘ir damda sevgisidan, sevgilisidan voz kechmadi.

Oradan bir hafta o‘tib, Komila telefonida tanish ovozni eshitdi.

– Jonim… bu menman…

– Dilshod aka! Bu sizmi? Nahotki, o‘zingiz bo‘lsangiz…

– Ha, bu menman! Komilam men tirikman, ozgina lat yedim… Lekin to‘­yimizgacha otdek bo‘lib ketaman, mana ko‘rasan… Faqat ozroq muammolar chiqib qoldi, shularni hal qilishim bilan yoning­ga uchib boraman…

Uning nazdida kichikdek ko‘ringan muammolar ancha jiddiy edi. Halok bo‘lgan kishining yaqinlari uni sudga berishibdi. Tuzalishi bilan sud jarayoni boshlanarkan.

Qo‘l-oyoqlari gipslangan Dilshod shu ko‘yi kasalxonada 4-5 oy yotdi. Komila bir necha marta sevgilisidan xabar olgani jo‘namoqchi bo‘ldi, ammo ota-onasi bunga qarshi chiqishdi. Yosh qizning begona yurtlarda yurishini hazm qilisholmadi. Nihoyat, u tuzalib, kasalxona darvozasi yonida turardi. Go‘yoki hozir bu temir darvoza ochilib, Komila kirib keladigandek… Ammo bu shunchaki yoqimli tush edi…

Shu kunning o‘zidayoq u sevgilisiga qo‘ng‘iroq qildi.

– Jonim, men yaxshiman. Ertaga sud. Taqdirim hal bo‘ladi… Endi qachon uchrashamiz, buni faqat Xudo biladi… lekin umidimizni so‘ndirmaylik. Ezgu niyat qilaylik, hammasi yaxshilik bilan tugasin…

Ertasiga bo‘lgan qo‘n­g‘iroq Komilaning so‘nggi ilinjini, najotini yo‘q­qa chiqardi. Unga 3,5 yil qamoq jazosi berishibdi…

– Jonim, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, meni kutishingni aytgin… Agar shuni eshitsam, men hammasiga dosh beraman.Sevgi ni­­­malarga qo­dirligini o‘zing ham yax­shi bilasan-ku! Faqat kutaman degin…

– Ha, kutaman! Albatta, kutaman!

Qiz shunday va’da berdi! Ammo bundan xabar topgach, uning ota-onasi Komiladan fotihani qaytarishni talab qila boshlashdi.

– Endi unga tegmaysan! U qamaldi, tasavvur qil­yapsanmi? U avvalgi Dilshod bo‘lolmaydi. Uni unut, hayo­ting­ni xavf-xatarga qo‘yma, qizim…

Qiz endi nima qilishini bilmas, ota-onasini desinmi yoki jondan aziz sevganinimi, bilolmas, ikki o‘t orasida qolgan edi…

Qizning dardiga sherik Dildora Turdiyeva.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 8781 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yigiti, kutayotgan, Qamoqda, Qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное