Shunchaki eshiklardan birini tanlang va qalbingiz ixtiyor etgan yo`l fe`l-atvoringiz haqida qanchalik to`g`ri ma`lumot berishini bilib oling.
Siz erkinlik va mustaqillik yo`lini tanladingiz. Bu tuyg`ularsiz, hatto, nafas olishingiz ham mushkul. Faqat o`zingizgagina tegishli bo`lgan shaxsiy xududingiz bo`lishini juda istaysiz. Bir qarorga kelishdan avval barcha yo`llarni tahlil qilish odatingiz ishda ham, oilada ham doim qo`l keladi. Maqsad sari olg`a intilishda ko`pchilik sizdan o`rnak olsa arziydi. hayotiy quvvatingizni to`g`ri yo`naltira olganligingiz tufayli barcha istaklaringizga erishasiz.
Bu yo`lak – o`z hayollaringizda yaratib olgan kichik olamingiz tomon qaratilgan bo`lsa ajabmas. Bu olamda ortiqcha odamlarga o`rin yo`q, negaki yolg`izlikni xush ko`rasiz. hatto sayohat, turli tadbirlarda ham o`z hayollaringiz bilan yuzma-yuz qolishga intilasiz. Chunki, sizga enaga ham, janjallashish uchun biror kimsa ham kerakmas. Garchi do`stlaringizni yaxshi ko`rsangizda, vaqti-vaqti bilan holi qolish istagi ustun keladi.
Qiziqarli sarguzashtlar, chinakkam go`zallik va his hayajonlarsiz hayotingizni tasavvur eta olmaysiz. Sukunat va yolg`izlikni o`z dushmaningizdek qabul qilasiz. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” bu hikmatli so`zlarni hayotiy shioringizga aylanib ulgurgansiz. Qiziquvchanligingiz tufayli, xech narsani e`tibordan chetda qoldirmaysiz.
Tanlagan yo`lingizga qarab, har qadamda sirli voqealar izingizdan soyadek ergashib yurishini aytishimiz mumkin. Ehtimol biroz, jizzakilik va shoshqaloqlik ham sizga begona emasdir. Buni avval so`ylab, keyin o`ylash odatingizdan bilib olish mushkul emas. O`rnatilgan qoidalarni buza olish xususiyatingiz tufayli ham atrofdagilarni doim hayratga solasiz. Biroq vaqtingizni havoga sovurayotganingizni yuzingizga ochiq aytishga xech kim jur`at qilolmayotgan bo`lsachi, shu haqda ham bir o`ylab qo`ring.
Bag`ri keng insonsiz. Siz uchun tinchlik-xotirjamlik baridan ustun. Ba`zilarga o`xshab xar qanday yo`l bilan maqsadingizga etishishni istamaysiz. Chunki siz uchun natijadan ham ko`ra, marraga eltuvchi yo`lni mazmunli bosib o`tish muhimroq-da. Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun oqim bo`ylab suzasiz. Muammolarni chetlab o`tishda oldingizga tushadigani kam topiladi.
Siz tinchik yo`lini tanladingiz. hayotingiz davomida yolg`izlik, osoyishtalik va ehtiyotkorlik doimiy hamrohingiz sanaladi. Do`stlaringizga doim sodiq va eshitishga tayyor sirdoshsiz. Balki shu sababdan ham siz bilan do`stona munosabatlar o`rnatishni istovchilar ko`plab topiladi. Sizni chinakkam faylasuf deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirib ham eski qadrdonlaringizni yoddan chiqarmaysiz.