Psixologlar kim ko‘proq g‘iybatga moyil ekanini ma’lum qilishdi
Amerikalik psixologlar kim ko‘proq g‘iybatga moyil ekanini ma’lum qilishdi, deya xabar bermoqda Rg.ru nashri.
Tajriba davomida shu jihat ma’lum bo‘ldiki, keksalardan ko‘ra ko‘proq yoshlar g‘iybat qilishar ekan.
Odam bir kunda o‘rtacha 52 daqiqa g‘iybat qilar ekan, buning 14 foizi uchinchi shaxs borasida ketar ekan. Qolaversa, erkaklar bu borada ayollardan qolishmasligi ham ma’lum bo‘ldi.
Kam daromad topadiganlar boylarga nisbatan kamroq g‘iybatlashishi ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda.