Amerikalik qo‘shiqchi Prins opioid preparatni tasodifiy oshirib yuborishi natijasida vafot etgan. Bu haqda CNN kanali sudmedekspertlarning ma’lumotiga tayanib xabar bergan. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, artistning o‘limiga fentanil sabab bo‘lgan. Shifokorlar bu dorini saraton kasalliklarini davolashda tavsiya qilishadi, biroq preparat noqonuniy ishlab chiqarilgan bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidlashdi. Uni AQShdagi dozani oshirib yuborish natijasidagi o‘limlarning sabablaridan biri deb atashadi. Berilgan ma’lumotda fentanilning qanday holatda qabul qilinganiga oydinlik kiritilmagan - dorini shifokor tavsiya qilganmi yoki u noqonuniy ishlab chiqarilganmi - bunisi hozircha noma’lum. Toksikologik test natijalari bo‘yicha to‘liq hisobot oshkor etilmaydi. Shunisi e’tiborga molikki, TMZ nashri Prinsning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomani chop etgan, unga ko‘ra, artistning o‘limi qayd etilgan rasmiy sana - 21 aprel, soat 10:07.