Primore o‘lkasida 14 yoshli qiz poezd g‘ildiraklari ostida qoldi
Primore o‘lkasida 14 yoshli qiz poezd yo‘liga tushib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Vladivostok transport xizmati xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, bu voqea Nadejdinskaya-Kiparisovo yo‘lida ro‘y bergan.
"Mashinistning so‘zlariga ko‘ra, u temir yo‘lda ketayotgan ikki kishining qorasini ko‘rishi bilanoq signal chalgan va tezlikni imkon boricha kamaytirgan. Lekin ulardan biri 14 yoshli qiz yo‘ldan chiqishga ulgurmagan va o‘sha zahotiyoq halok bo‘lgan. Uning hamrohi esa tirik qolgan", deyiladi xabarda.