Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil oluvchi talaba Grigoriy Timofeyev “Pokemon Go” mobil o‘yinida dunyo rekordini o‘rnatdi. U cho‘ntak maxluqlaridan iborat eng katta kolleksiya yig‘di. Bu haqda TACC yozmoqda.
19 yoshli talaba oldingi rekord sohibi bo‘lgan va AQShdagi barcha pokemonlarni yig‘ib chiqqan amerikalikdan o‘zib ketdi.
Timofeyevning so‘zlariga ko‘ra, u kolleksiyasini sotishga qarshi emas.
Rossiyada mazkur o‘yinning rasmiy relizi haligacha chiqmagan, shunga qaramasdan foydalanuvchilar “Pokemon Go” o‘yinini o‘z smartfonlariga qonunga xilof ravishda yuklab olishmoqda.
Avvalroq, “Pokemon Go” o‘ynayotgan ayol yo‘l-transport hodisasiga uchragani va og‘ir jarohat olgani haqida xabar bergan edik.