Plastik jarrohlik aktrisa Kim Beysingerni xunuk qilib qo‘ydi
61 yoshli kino yulduzi Kim Beysinger plastik jarrohlik qurboni bo‘ldi. Operatsiya natijasida uning yuzi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi, deb xabar qiladi “Nur.kz”.
Doimiy yoshlik va go‘zallik ortidan quvib, Gollivud yulduzlari ba’zan eng oxirgi choralarni ham qo‘llaydi. Lekin bu ba’zida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“To‘qqiz yarim hafta” filmi orqali mashhurlikka erishgan aktrisa kinodagi partnyori Mikki Rurk ortidan plastik operatsiyaga murojaat qildi.
Kim Beysinger o‘zining yangilangan ko‘rinishi bilan “Santa-Monika”da o‘tkazilgan “O‘n bir soat” filmi premyerasiga tashrif buyurdi. Ammo mehmonlar va jurnalistlar mashhur aktrisani darhol tanimadi.