Ozodlikdan mahrum etilgan talaba o‘qishdan haydaladimi?
Oliy o‘quv yurtida o‘qish paytida jinoiy javobgarlikka tortilgan, qamalgan talaba o‘qishdan haydaladimi yoki qamoqdan chiqib, o‘qishni davom ettiradimi?
R.Sodiqova,
Farg‘ona viloyati,
Qo‘qon shahri M.Inoyatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari javob beradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish talabalarni o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning IV bo‘lim 30- bandi 9-xat boshiga muvofiq, talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin. O‘qishni davom ettirish masalasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.