2017-yilda konsert berishimiz yoki bermasligimiz hozircha noma’lum. Bermasligimiz ham mumkin”, — deb ta’kidlagan Sanjar Ahmedov.
“2016-yilning fevral oyida konsert berganimizdan keyin, bir yil tanaffus qilib, yana sahnaga qaytamiz degan fikr bor edi. Gulsanamning o‘zi konsert berishni istab qolsa, bizga uning tayyorgarligi uchun ikki oy vaqt yetadi. Xohish bo‘lsa kifoya, konsert reklamasi va boshqa masalalarga ikki oylik muddat kifoya. Konsert jonli ijroda bo‘lgani uchun, sozandalar doimo shay holatda”, — dedi qo‘shiqchining prodyuseri.
Ma’lumot uchun, Gulsanam Mamazoitova 2015-yil “Sizni sog‘indi yurak” deb nomlangan 6 kunlik konsert bergandi. Oradan bir yil o‘tib berilgan 5 kunlik dastur esa “Men sizni topgunimcha” deb nomlangan.