Gulsanam Mamazoitova fevralda 6 kun jonli kuylaydi
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova o‘tgan yildan farqli o‘laroq bu yil 5 kunlik jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova joriy yilning 9-13 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Men sizni topgunimcha” nomli jonli ijrodagi navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Kuni kecha Farruh Raimov bilan “Kuyov” nomli duetini taqdim etgan xonanda yosh ijodkorlar Hurshid Hamidov bilan duet kuyladi. Ilk bor konsertda jarang sochishi kutilayotgan mazkur qo‘shiqqa klip suratga olish ham rejalashtirilgan. Xonanda 2 dekbr kuni poytaxtda “Leyli” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirayotganini ham ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova o‘tgan yili yili ham “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijrodagi 6 kunlik konsert dasturini taqdim etgan edi. Qiziq, bugun davri kelganlardan biri bo‘lgan Mamazoitova konsert kunlarini ko‘paytirish o‘rniga nega kamaytirdi ekan?