Ozarbayjon prezidentining qizi milliarder eri bilan ajrashdi
Ozarbayjon prezidentining qizi Laylo Aliyev Crocus Group kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari va xonanda, milliarder Emin Ag‘alarov bilan ajrashdi. Bu haqda u Instagrammdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik biladiki, Emin bilan nikohimiz ko‘p yillardan buyon quruq rasmiyatchilik bo‘lib qolgan edi. Biz ko‘pdan beri alohida, boshqa shaharlarda yashaymiz. Rasmiy ravishda ajrashish payti kelgan ekan, biz buni amalga oshirdik”, – deyiladi Aliyev qoldirgan xabarnomada.
Laylo Aliyev o‘z yurtida taniqli jamoat va siyosat arbobi hisoblanadi.